"U PSJda baxtli" - Neymarning otasi o'g'li haqida

Mirjalol Normatov
13 dek 2019
PSJ hujumchisi Neymarning otasi Neymar da Silva o'g'li haqidagi savolga javob berdi.

"Neymarga kerak bo'layotgan birgina jihat - maydonda effektiv o'yin ko'rsatish. Kelajakda nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Neymarning PSJ bilan shartnomasi bor. U bu yerda baxtli. Umid qilamanki, Neymar yaqin yillarda jamoa oldiga qo'ygan maqsadlarini bajarishda o'zining katta hissasini qo'shadi.

"Barselona" haqidagi mish-mishlar? Bu gaplar unchalik yangi emas. "Barselona"dan ketganidan buyon shu gaplarni eshitamiz. Neymar va klub o'rtasida yana bir kelishuv bo'lishiga ishonaman", - dedi futbolchining otasi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express