U-23 Osiyo Kubogi. Saudiya Arabistoni Tojikistonni yirik hisobda mag'lub etdi

Оқил Абдубарноев
3 iyun 2022, 22:12
U-23 Osiyo Kubogining 1-turidan o'rin olgan Saudiya Arabistoni - Tojikiston bahsi boshlandi.

"D" guruhining 1-turidan o'rin olgan ushbu bahsda saudiyaliklar Tojikistonni yirik 5:0 hisobida mag'lub etdi hamda guruh peshqadamiga aylandi. O'yin davomida tashabbusni o'z qo'liga olgan arab mamlakati vakillari birinchi taymda minimal g'alaba erishgan bo'lsA, ikkinchi bo'limda raqib darvozasini 4 bor ishg'ol qildi.

Saudiya Arabistoni - Tojikiston 5:0

"Lokomotiv" stadioni

Hakamlar: Kim Hi Gon (Janubiy Koreya), Jang Jong Pil (Janubiy Koreya), Song Bong Keun (Janubiy Koreya), Jonatan Berreyro (Avstraliya)

Gol:  1:0 - 43, Hamad Turki, 2:0 - 50, Ayman Yahyo, 3:0 - 68, Asiri, 4:0 - 86, Al Harbi, 5:0 - 90+7, Radif.

Saudiya Arabistoni: 1.Navaf Dahi, 6.Ibrohim Manashi (14. Avad Haydar, 74), 7.Ayman Yahyo (16.Ziyod Muborak, 74), 8.Hamid Abdulloh, 10.Turki Alammar, 12.Moteb Saad, 13.Hamad Turki (11.Ahmad Mazen, 87), 17.Haitam Muhammad (15.Husayn Ahmad, 74), 18.Meshal Sibyani, 20.Muhammad Marran (19.Abdulloh Hodi Radif, 74), 23.Saud Abdulloh

Tojikiston: 16.Shohrux Qirg'izboev, 3.Muhammad Naskov, 5.Shohrux Sangov (19.Husayn Nurmatov, 75), 6.Naimjon Ibrohimzoda, 7.Karomatullo Saidov (4.Imomali Ahmadxon, 69), 10.Islom Zoirov (9.Sharafjon Solihov, 46), 13.Amadoni Kamolov, 15.Alisher Barotov, 17.Muhammadali Azizboev, 18.Daler Yodgorov (22.Sunatillo Ismoilov, 69), 20.Umarjon Sharipov (21.Sorbon Avgonov, 46)

Ogohlantirishlar: Maran (73), Naskov (90+2)

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia