U-23 Osiyo Kubogi. O'zbekiston - Turkmaniston uchrashuvini suriyalik hakam boshqaradi

Оқил Абдубарноев
1 iyun 2022, 19:42
U-23 Osiyo Kubogining 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Turkmaniston uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar ma'lum bo'ldi.

Uchrashuvni suriyalik Hanna Hattab boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurti Ali Ahmad hamda avstraliyalik Ouen Goldrik yordam beradi. To'rtinchi hakam - avstraliyalik Jonatan Barreyro. 

Uchrashuv komissari - qatarlik Ali Homud Al Naimi. VARda singapurlik Muhammad Taqi ishlaydi. Unga tailandlik MongMonkgolkai Peshri yordam beradi.

Eslatib o'tamiz, turnirning ochilish uchrashuvi soat 20:30 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia