U-23 Osiyo chempionati qur'asida O'zbekiston birinchi savatchada bo'ladi

Narzulla Saydullayev
27 mar 2019, 09:22
Kecha qitamizda U-23 Osiyo chempionati saralash bahslari yakuniga etdi.

Ushbu o'yinlardan keyin Osiyo chempionatiga yo'llanma olgan barcha 16ta jamoa nomi ma'lum bo'ldi.

Tailand musobaqa mezboni sifatida yo'llanmaga ega chiqdi. Saralash orqali qita chempionatiga chiqqan jamoalar: Qatar, Bahrayn, Iroq, BAA, Iordaniya, O'zbekiston, KXDR, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Vetnam, Avstraliya, Eron, Suriya, Saudiya Arabistoni.



Osiyo chempionati 2020 yilning 8-26 yanvar kunlari Tailand mamlakatida bo'lib o'tadi. O'zbekiston o'tgan musobaqa chempioni sifatida qur'a tashlash marosimida 1-savatchadan joy oladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia