U-23 Osiyo chempionati. “B” guruhidan chorak finalga chiqqan jamoalar nomi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
15 yanv 2020, 20:20
Biroz oldin, 23 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati “B” kvartetidan o'rin olgan 3 tur bahslari yakunlandi.

Qatar olimpiyachilari bir kishi kam bo'lib qolgan Yaponiyani enga olmagan bo'lsa, S.Arabistoni so'nggi daqiqalardagi gol evaziga Suriyada ustun keldi.

Saudiya Arabistoni – Suriya 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: Firas al-Buraykan 80

Chetlatish: Dali (ikkinchi sariq) 88

Qatar – Yaponiya 1:1 (0:0, 1:1)

Gollar: Ogava 73, al-Axrak 79

Chetlatish: Tanaka 45+4

Shu tariqa, guruhda saudiyaliklar birinchi o'rinni, Suriya futbolchilari esa 2 o'rinni olib, pley-offga yo'llanma olishdi. Barcha o'yinlarda durang qayd etgan Qatar esa Yaponiya kabi musobaqa bilan xayrlashdi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia