U-20 Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasining Toshkentdagi mashg'ulotlaridan suratlar

Iskandarov Abdulaziz
12 yanv 2025, 23:14
Farhod Nishonov boshchiligidagi terma jamoamiz ertaga Qatar poytaxti Doha shahriga yig'in o'tkazish uchun yo'l oladi.

Farhod Nishonov boshchiligidagi terma jamoamiz ertaga Qatar poytaxti Doha shahriga yig'in o'tkazish uchun yo'l oladi. Avvalroq xabar berganimizdek, yig'inlarning navbatdagi va yakuniy qismi Qatarda o'tkazilishi rejalashtirilgan. Jamoamiz dastlab 17 yanvar kuni suriyalik tengdoshlariga qarshi maydonga chiqishsa, 22 yanvar sanasida Qatar yoshlariga qarshi bahs olib borishadi. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-20 terma jamoasi bunga qadar Turkiyaning Antaliya shahrida va Dohada yig'in o'tkazishga ulgurgan edi.

Jamoaning Toshkentdagi yig'inidan suratlarni taqdim etamiz. 


FOTO: Jahongir Fayzullaev

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia