U-20 Osiyo kubogiga chiqqan barcha ishtirokchilar ma'lum bo'ldi. Markaziy Osiyodan ikkita terma jamoa bor

Narzulla Saydullayev
30 sen 2024, 11:03
Kecha Osiyo qitasida U-20 Osiyo kubogi saralash bahslari yakuniga etdi.

Farhod Nishonov boshichligidagi O'zbekiston guruhda 100 foizli natija bilan Osiyo kubogiga yo'llanma olishganidan xabaringiz bor. Qirg'iziston yoshlar terma jamoasi esa Yaponiya bilan birga qita chempionatiga yo'l oldi.

O'zbekiston terma jamoasi qur'a tashlash marosimida 1-savatchadan joy oladi. Qur'a tashlash sanasi hozircha ma'lum emas. Osiyo kubogi final bosqichi 2025 yil 6-23 fevral kunlari Xitoy mamlakatida bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, bu yosh toifasidagi amaldagi Osiyo chempioni O'zbekiston terma jamoasi hisoblanadi.

Osiyo kubogida ishtirok etuvchi barcha 16ta terma jamoa (savatchalarga ajratilgan holda):
1-savatcha

Xitoy (mezbon)
O'zbekiston
Iroq
Yaponiya

2-savatcha
Koreya Respublikasi
Avstraliya
Eron
Iordaniya

3-savatcha
Indoneziya
Saudiya Arabistoni
Suriya
Qirg'iziston

4-savatcha
Qatar
Tailand
Yaman
KXDR

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia