U-20 JCH. Osiyo chempioni birorta ham ochko qo'lga kirita olmay, mundial bilan xayrlashdi

Eldor Akmurzayev
31 may 2019, 23:25
Bugun, 20 yoshgach bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichining so'nggi bahslari o'tkazilmoqda.

3-tur doirasida Osiyo chempioni Saudiya Arabistoni termasi Panamaga imkoniyatni boy (1:2) berdi. Guruhdagi ikkinchi o'yin esa gollarga boy o'tib, unda Fransiya 3:2 hisobida Malini taslim etdi. Shu tariqa, E kvartetidan keyingi bosqichga Fransiya hamda Mali termalari yo'l oldi. Uchinchi o'rindagi Panamaning taqdiri esa keyinroq aniq bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia