U-19 Yevropa chempionati. Torresning dubli Ispaniyaga navbatdagi titulni keltirdi

Eldor Akmurzayev
28 iyul 2019, 00:05
Armanistonda bo'lib o'tgan 19 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Yevropa chempionati o'z yakuniga etdi.

Musobaqaning hal qiluvchi bahsida amaldagi chempion Portugaliya termasi Ispaniyaga qarshi to'qnash keldi. 

Uchrashuvda Valensiya forvardi Ferran Torres dubl qayd etib, jamoasiga navbatdagi sovrinni keltirdi. 

Eslatib o'tamiz, musobaqa 2002 yilga qadar 18 yoshgacha futbolchilar o'rtasida tashkil etib kelinardi. Undan so'ng esa formatga o'zgartirish kiritilib, hozirgi kunga qadar yoshlar o'rtasidagi qita birinchiligi 19 yoshgacha bo'lgan o'yinchilar o'rtasida o'tkaziladi.

Ispaniya esa umumiy hisob bo'yicha 11 marotaba Yevropa chempionligini qo'lga kiritib, bu borada Angliyani (10ta titul) ortda qoldirgan holda sovrinlar bo'yicha qitada yetakchi bo'lib oldi.


Portugaliya U-19 – Ispaniya U-19 0:2 (0:1, 0:1)

Vazgen Sarkisyan nomidagi Respublika stadioni.

Gollar: 0:1 – 34 Ferran Torres, 0:2 – 51 Ferran Torres.

Portugaliya U-19 – Biai, Tomash Tavaresh, Gonsalu Loureyru, Kardozu, Correia (Gomes, 76), Diogu Mashadu, Fabiu Vieyra (Silva, 76), Gonsalu Ramush, Vitor Ferreyra (Costa, 64), Costa, Joau Mariu (Gouveyya, 58).

Ispaniya U-19 – Tenas, Erik Garsiya, Gilyamon, Viktor Perea, Miranda, Moxa (Molexo, 87), Antonio Blanko, Ferran Torres (Viktor Chust, 90), Serxio Gomes (Barrenechea, 81), Salvaterra (Xandro Orelyana, 80), Abel Ruis (Mendes, 90).

Ogohlantirishlar: Gonsalu Ramush (76), Tomash Tavaresh (85), Gonsalu Loureyru (90).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia