U-17 Osiyo kubogiga qur'a tashlash mexanizmi ma'lum bo'ldi

Omonjon To`xtamirzayev
17 dek 2024, 17:10
Osiyo futbol konfederatsiyasi 2025 yilning aprel oyida Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan U-17 Osiyo kubogi final bosqichiga qur'a tashlash marosimi mexanizmi haqida ma'lumot berdi.

Unga ko'ra, 2025-yil 23-yanvar kuni o'tkaziladigan qur'ada jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo'lib, O'zbekiston U-17 terma jamoasi 2-savatchadan o'rin olgan:

1-savatcha
Saudiya Arabistoni (musobaqa mezboni)
Yaponiya
Koreya Respublikasi
Eron

2-savatcha
Avstraliya
Yaman
O'zbekiston
Tojikiston

3-savatcha
Tailand
Vetnam
O'mon
Afg'oniston

4-savatcha
Xitoy
Indoneziya
KXDR
BAA

Ma'lumot o'rnida, OFK jamoalarni savatchalarga ajratishda so'nggi uchta Osiyo kubogida (Hindiston-2016, Malayziya-2018 va Tailand-2023) erishilgan natijalarni hisobga olgan.

Mazkur musobaqa Qatarda bo'lib o'tadigan 17 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini o'tab beradi. Musobaqaning eng yaxshi 8 ta jamoasi 2025-yilgi o'smirlar o'rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: UFA