U-17 Osiyo Kubogi saralashi. "E" guruhining hal qiluvchi bahsini Lutfullin boshqaradi

Sherzod Nurmatov
8 okt 2022, 12:57
U-17 Osiyo Kubogi-2023 saralash bosqichi doirasida "E" guruhi vakillari Yaman - Bangladesh o'yini Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlar guruhiga ishonib topshirildi.

Unga birinchi yordamchi hakam sifatida hamyurtimiz Andrey Sapenko yordam beradi. Ular bilan birgalikda qirg'izistonlik Salibaev Eldiyar (yordamchi hakam) hamda gonkonglik Tam Ping Vun (to'rtinchi hakam) ishlashadi.

Ushbu uchrashuv 9 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 18:00 da bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, "E" guruhi o'yinlari Daka (Bangladesh) shahrida bo'lib o'tmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази