U-17 JCH. C guruhida peshqadam aniqlandi, u katta ehtimol bilan O'zbekistonning raqibiga aylanadi

Mirjalol Normatov
17 noya 2023, 19:23
Indoneziyadagi U-17 jahon chempionatining guruh bosqich uchrashuvlari yakunlanish arafasida.

C guruhida 3-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Unda Braziliyaga mag'lub bo'lgan bo'lsa ham Angliya termasi guruh peshqadamligi maqomini saqlab qoldi. Shu orqali, katta ehtimol bilan Angliya termasi nimchorak finalda O'zbekiston termasiga raqiblik qiladi.

Angliya - Braziliya 1:2

Gol: Joel Ndala (71-avtogol) - Kaya Elias (43), Joau Pedru da Mata (54).

Angliya - Tommi Setford, Lakil Samuel, Jayden Megoma, Xarrison Myurrey-Kempbell, Joshua Achaempong, Finli Makkalister (Miles Lyuis-Skelli, 61), Maykl Golding, Metyu Varxerst, Joel Ndala, Samuel Amo-Amiyav (Kris Rigg, 61), Jastin Oboavoduo (Etan Nvaneri, 61).

Braziliya - Filipp Gabriel, Joau Enrike, Joau Pedru da Mata, Vitor Reis, Pedro Lima (Vitor Gabriel, 90+10), Dudu, Lukas Kamilo (Mateus Fereyra, 85), Sidney (Gilerme Batista, 90+4), Rayan Rocha (Joao Souza, 90+10), Kaya Elias (Luiji Ganri, 78), Estevao (Lorran, 78).

Eron - Yangi Kaledoniya 5:0

Gollar: Amir Razzaginia (17, 34), Rizo Gandipur (76), Muhammad Askari (90+5), Kasra Taxeri (90+8).

Eron - Arsha Shakuri, Nima Andarz (Rizo Gandipur, 56), Xesam Nafari, Alirizo Xomaifard (Abolfazl Zulayxoi, 67), Erfan Darvish Ali, Yakub Barajex, Abolfazl Moradi (Muhammad Asqari, 56), Ismoil Golizadex (Kasra Toxiri, 46), Amir Razzaginia, Abolfazl Zamani (Alirizo Sharifi, 82), Maxan Sadegi.

Yangi Kaledoniya - Nikolas Kutran, Gregori Diko, Vadria Xane, Inine Xuna, Antoni Levi (Ronald Nganyane, 57), Jirim Upa, Bayron Guxupe (David Kaxma, 57), Numa Pamani (Kilian Vaiko, 68), Jean Saiko (Simon Ue, 74), Baptist Kutran (Filip Angesetin, 68), Nalu Kaeze.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia