U-17 Jahon chempionatiga qachon qur'a tashlanadi?

Sherzod Nurmatov
13 may 2025, 11:32
FIFA 2025 yilning 3–27 noyabr kunlari Qatar mezbonlik qiladigan U-17 Jahon chempionati final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'yicha ma'lumot taqdim etdi.

Unga ko'ra, mazkur tadbir joriy yilning 25 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Doha shahrida bo'lib o'tadi.

Mundialda ishtirok etuvchi 48 jamoa 4 ta savatchaga ajratilgan bo'lib, O'zbekiston U-17 terma jamoasi 2-savatchadan o'rin olgan:


1-savatcha

Qatar (musobaqa mezboni)

Braziliya

Fransiya

Mali

Germaniya

Meksika

Argentina

Angliya

Yaponiya

Paragvay

AQSH

Senegal


2-savatcha

Koreya Respublikasi

Marokash

O'zbekiston

Italiya

Belgiya

Yagi Zelandiya

Chili

Venesuela

Xorvatiya

Kolumbiya

Gonduras

Burkina-Faso


3-savatcha

Kosta-Rika

Tojikiston

Panama

Indoneziya

KXDR

Kot'D-Ivuar

Tunis

Yangi Kaledoniya

Kanada

JAR

Avstriya

Gaiti


4-savatcha

BAA

Portugaliya

Chexiya

Irlandiya

Shveytsariya

Zambiya

Misr

Uganda

Boliviya

Saudiya Arabistoni

Salvador

Fiji

Ma'lumot o'rnida, mazkur musobaqa joriy yilning 3–27 noyabr kunlari Qatar mamlakatida bo'lib o'tadi. 12 guruhda dastlabki ikki o'rinni egallagan 24 jamoa va eng yaxshi 8 ta 3-o'rin sohiblari 1/16 final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати