U-16 OCH-2014 final bosqichi sentyabr oyida bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
30 sen 2013, 17:12
Kelasi yili Tailand mamlakatida bo'lib o'tadigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichida o'ynaydigan barcha 16 ta terma jamoaning nomi ma'lum bo'ldi.

Unga ko'ra, saralashning 10ta guruhida dastlabki o'rinni egallagan 10ta jamoa, shuningdek, saralash guruhlarida eng yaxshi ko'rsatgichga ega bo'lgan 5ta ikkinchi o'rin sohiblari kelasi yili Tailandda bo'lib o'tadigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi OCH yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

Eslatib o'tamiz, Tailandda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati final bosqichiga Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi ham yo'llanmani qo'lga kiritdi. Olimxo'jaev shogirdlari Toshkentda bo'lib o'tgan saralashning V guruhi o'yinlarida Falastin hamda Yaman o'smirlar terma jamoalariga qarshi to'p surishdi. Dastlab, Falastinni yirik - 9:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan O'zbekiston U-16 o'smirlari, ikkinchi uchrashuvda Yaman o'smirlarini ham mag'lubiyatga uchratishdi - 4:0.

Tailandda bo'lib o'tadigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslari 2014 yilning sentyabr oyida o'tkaziladi.

U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichi barcha ishtirokchilari:

Mezbon:
Tailand

Guruh G'oliblari
1. Kuvayt (A guruhi g'olibi)
2. O'zbekiston (V guruhi g'olibi)
3. Nepal (S guruhi g'olibi)
4. Saudiya Arabistoni (D guruhi g'olibi)
5. Eron (E guruhi g'olibi)
6. Ummon (F guruhi g'olibi)
7. Avstraliya (G guruhi g'olibi)
8. Malayziya (N guruhi g'olibi)
9. KXDR (I guruhi g'olibi)
10. Yaponiya (J guruhi g'olibi)

Eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan ikkinchi o'rin sohiblari:
11. Suriya (D guruhi)
12. Xitoy (I guruhi)
13. Janubiy Koreya (N guruhi)
14. Gongkong (G guruhi)
15. Qatar (F guruhi)


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com