U-15 CAFA CUP–2017 turniri taqvimida o'zgarish yuz berdi

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2017, 12:14
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasining CAFA CUP–2017 turniri bo'lib o'tishi haqida xabar berilgandi.

Dastlabki rejaga ko'ra, musobaqa 2–10 iyul kunlari o'tkazilishi ko'zda tutilgan edi. Ammo turnirga mezbonlik qilayotgan tomon bellashuvlar 2–8 iyul kunlari bo'lib o'tishi taklifi bilan chiqdi.

O'smirlar o'rtasidagi CAFA CUP–2017 musobaqaning barcha ishtirokchi-mamlakatlari ushbu taklifni qabul qildi. Shuningdek, uchrashuv soatlarida ham o'zgarishlar yuz berdi. Quyida yangilangan taqvim bilan tanishib chiqish mumkin.

U-15 CAFA CUP–2017
Tojikiston, Dushanbe
2–8 iyul, 2017 yil

2 iyul, yakshanba

18:00  Eron – Turkmaniston 
18:00  O'zbekiston – Afg'oniston
21:00  Tojikiston – Qirg'iziston

3 iyul, dushanba

18:00  O'zbekiston – Eron 
18:00 Turkmaniston – Qirg'iziston 
21:00 Afg'oniston – Tojikiston

5 iyul, chorshanba

18:00  Qirg'iziston – O'zbekiston 
18:00  Eron – Afg'oniston 
21:00  Tojikiston – Turkmaniston

7 iyul, juma

18:00  Eron – Qirg'iziston 
18:00  Afg'oniston – Turkmaniston
21:00  O'zbekiston – Tojikiston

8 iyul, shanba

18:00  Turkmaniston – O'zbekiston
18:00  Qirg'iziston – Afg'oniston 
21:00  Tojikiston – Eron

Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com