Tyuram chempionlikni nishonlayotgan o'g'liga shapaloq tushirdi

Оқил Абдубарноев
21 may 2024, 20:21
"Inter" futbolchisi Markus Tyuramning chempionlikni nishonlash paytidagi harakatlari otasiga yoqmadi.

1998 yilgi jahon chempioni Lilian Tyuram "Inter" bilan A Seriya g'olibi bo'lgan o'g'li Markus Tyuramning chempionlikni nishonlash marosimida ishtirok etdi.

Markus Tyuram A Seriya doirasida 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Chempionat doirasida "Yuventus"ni mag'lub etgan "neradzurri" vakili tantanani sakrab nishonladi va "Kim sakramasa, u "Yuve" muxlisi!" deya qichqirdi.


Buni uning qarshisida turgan otasi Lilian Tyuram eshitib, unga tabassum aralash engil tarsaki tushirdi.

Eslatib o'tamiz, Lilian Tyuram bir vaqtlar "Yuventus"da to'p tepib, ikki marta A Seriyada chempion bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Italian Football