Tyago Silva "Barselona"ga o'tmoqchi

Aslanov Jasurbek
27 apr 2016, 12:28
PSJ himoyachisi Tyago Silva faoliyatini "Barselona"da davom ettirmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, bu haqda futbolchining yaqinlari ma'lum qilgan.

Oldinroq "Barselona" bir necha marotaba Braziliya terma jamoasi himoyachisini xarid qilmoqchi bo'lgan. Ammo braziliyalik Parij klubining moliyaviy imkoniyatlariga katta baho berib klubini o'zgartirmagan edi.

Oldinroq "Barselona" ustozi Luis Enrike himoyada katta o'zgarishlar amalga oshirmoqchi ekanligi ma'lum qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo Deportivo