Tuxel yoki Favr Gvardiolani o'rniga kelishi mumkin

30 mar 2015, 23:49
"Bavariya" klubi rahbariyati agarda Xosep Gvardiola shartnomasi tugaganidan so'ng jamoadan ketadigan bo'lsa, uning o'rniga keladigan murabbiyni izlashni boshlagan.

Myunxen klubi vakillari jamoa bosh murabbiyi Gvardiolaninig o'rniga bundesligada ishlaydigan mutaxassislardan o'rinbosar izlashmoqda. Hozircha bu lavozimga asosiy da'vogar sifatida "Maync"da juda yaxshi ish olib borgan Tomas Tuxel hamda "Borussiya M" bosh murabbiyi Lyusen Favr ko'rilmoqda.


Manba: bild.de