Tuxel "Real"ga qarshi o'yindan oldin nimalar dedi?

Alisher
18 sen 2019, 13:14
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Real"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz uning "Levante"ga qarshi o'yinini ko'rdim. Benzema dunyodagi bebaho futbolchilardan biridir.

U juda yuqori darajadagi futbolchi va unga qarshi himoyalanish qiyin. "Real" juda kuchli jamoa, ammo guruhdagi birinchi o'yin ko'p narsani hal qilmaydi", - deydi Tuxel.

Eslatib o'tamiz, PSJ va "Real" o'rtasidagi o'yin bugun 23:55da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca