Tuxel: "PSJ o'yinga tayyor bo'lmagan"

Mirjalol Normatov
19 avg 2018, 13:42
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel chempionatning 1-turi doirasida "Gengam" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Birinchi bo'limdagi kabi o'yin ko'rsatmasligimiz kerak. PSJ o'yinga tayyor emas ekan. Omadimiz keldi va tanaffusgacha 0:2 yoki 0:3 hisobida mag'lub bo'lmadik. Shu boisdan ish uslubini o'zgartirish lozim. JCH-2018 sababli ayrim futbolchilar klub ixtiyoriga kech yetib keldi, bu esa ayrim noqulayliklarni keltirib chiqardi. Mana shunday jihatlar tufayli g'alaba qozonish qiyin bo'ldi", - dedi Tuxel.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal