Tuxel: "O'yinimizdan 100 foiz mamnun emasman"

Aziz Tukhtamuradov
21 sen 2023, 09:52
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (4:3) o'z fikrlarini bildirdi.

"Biroz paradoks vaziyat. Biz birinchi taymdan ko'ra, ikkinchisida yaxshi o'ynadik. Lekin hisob bo'yicha yutqazdik, birinchi bo'limda esa yutdik. 

O'yin natijasi bizdagi ishonch va rivojlanishni aytib turibdi. Lekin hali yana ko'p ishlar qilinishi kerak. 

Xar bir o'yinda raqibga xavf tug'diramiz, golli vaziyatlar yaratamiz. 

O'yindan 100 foiz mamnun emasman, lekin o'yinda yuzaga kelgan qiyin vaziyatga bo'lgan munosabat, bunga javobimiz juda yaxshi bo'ldi", - dedi Tuxel.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA