Tuxel: "Keyn yanada ko'prog'iga erisha oladi"

Mirjalol Normatov
24 sen 2023, 11:21
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel hujumchi Xarri Keynning myunxenliklar tarkibida erishayotgan natijalari haqida gapirdi.

Angliyalik hujumchi Bundesliga doirasida "Boxum"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi. Ayni damda 30 yoshli futbolchining hisobida 8 gol va 4 assist bor.

"Keyn yanada ko'prog'iga erisha oladi, bunga umuman shubxam yo'q. U o'zi uchun odatiy ishlarni bajarmoqda - gollar uryapti, assist bo'lyapti, mas'uliyatni bo'yniga olmoqda, har doim o'zining mahoratini ko'rsatyapti. U bugungi vazifasini to'laqonli bajardi", - dedi Tuxel.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bayern & Germany