Tuxel Kantening jarohati haqida ma'lumot berdi

Mirjalol Normatov
29 avg 2021, 12:35
"Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kante "Liverpul"ga qarshi o'yin tanaffusida almashtirildi.

"Kante jarohati sababli maydondan chiqishga majbur bo'ldi. Bu uning to'pig'idagi muammolari sabab yuzaga keldi. Aynan ushbu jarohati bois "Arsenal"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgandi. U tanaffusda jarohati sababli tezlasha olmayotganini aytganidan keyin almashtirdik", - dedi Tuxel.

"Chelsi"ning navbatdagi o'yini 11 sentyabr kuni "Aston Villa"ga qarshi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal