Turkmaniston terma jamoasi legioneri O'zbekistonga qarshi o'ynamaydi

Narzulla Saydullayev
28 may 2024, 12:26
"Vitebsk" klubi himoyachisi Vepa Jumaev iyun oyidagi o'yinlarda terma jamoaga yordam bera olmaydi.

Futbolchi Belarus chempionatining o'yinlaridan birida son qismidan jarohat olgan.

Jumaev JCH-2026 saralashi doirasidagi O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'yingacha tiklanishga umid qilgandi, ammo jarohat jiddiyroq bo'lib chiqdi.

Shu tariqa, futbolchi JCH-2026 va Osiyo kubogi-2027 qo'shma saralashi doirasidagi O'zbekiston va Gonkongga qarshi o'yinlarda maydonga tusha olmaydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia