

Turkmanistonga qarshi bahsni yaponiyalik Xiroyuki Kimura boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Unga qanotlarda hamyurtlari Kota Vatanabe va Takumi Takagi yordam berishadi. Xiroki Kasaxara zaxira hakami vazifasini bajaradi. Ma'lumot uchun, Kimura bu yil OCHL doirasida "Al Vakra" - "Navbahor" (0:1) va "Al Ittihod" - OKMK (3:0) uchrashuvlarida ham ishlagandi.
Eslatib o'tamiz, Turkmaniston – O'zbekiston uchrashuvi 16 noyabr kuni "Ashxobod" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 19:00da start oladi.



