Turkmaniston bilan 10-to'qnashuv

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2019
O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi doirasida bugun Dubay shahridagi "Rashid Stadium" o'yingohida Turkmanistonga qarshi guruh bosqichidan o'rin olgan uchrashuvda maydonga tushishidan muxlislarning xabarlari bor.

Umuman olganda, shu kunga qadar O'zbekiston Turkmanistonga qarshi 9ta o'yinda maydonga tushgan. Shulardan 7ta o'yinda g'alaba qozongan, 1ta o'yinda durang qayd etilgan va 1ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchraganmiz.

Qo'shnilarimizga qarshi so'nggi bahs bundan 15 yil oldin Osiyo Kubogi doirasida bo'lib o'tgan edi.

28.06.1992 O'zbekiston - Turkmaniston 2:1
25.10.1992 Turkmaniston - O'zbekiston 1:0
11.04.1994 O'zbekiston - Turkmaniston 4:0
11.10.1994 O'zbekiston - Turkmaniston 3:0
11.12.1998 O'zbekiston - Turkmaniston 1:1
08.10.2000 O'zbekiston - Turkmaniston 3:0
25.04.2001 O'zbekiston - Turkmaniston 1:0
03.05.2001 O'zbekiston - Turkmaniston 5:2
26.07.2004 O'zbekiston - Turkmaniston 1:0

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Turkmaniston uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia