Turkiyaga mundialning bronza medalini olib kelgan murabbiy terma jamoa boshqaruviga qaytdi

Aslanov Jasurbek
28 fev 2019, 18:50
Turkiya futbol federatsiyasining rasmiy sayti “Beshiktosh” bosh murabbiyi Shenol Gyuneshning mamlakat terma jamoasini boshqarishi haqida rasman e'lon qildi.

U ruminiyalik Mircha Lucheskuning o'rnini egalladi.

Qayd etish joizki, Gyunesh ikkinchi marotaba Turkiya terma jamoasi boshqaruviga keldi. 66 yoshli mutaxassis 2000-2004-yillar oralig'ida ham mamlakat termasini boshqargan. Uning qo'l ostida Turkiya JCH-2002 hamda 2003 yilgi Konfederatsiyalar kubogida bronza medallarini qo'lga kiritgan.

Ma'lumot o'rnida, Shenol Gyunesh“Beshiktosh”ga  ketma-ket ikki (2015/16 va 2016/17)  mavsum Turkiya  chempionligini olib kelgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: tff.org