Turkiya terma jamoasi futbolchilari haqida - Arda Turon

Narzulla Saydullayev
27 iyul 2013, 12:49
Turkiya terma jamoasi yetakchilari haqida ma'lumot berishda davom etamiz.
Terma jamoaning yetakchilaridan biri bo'lgan Arda Turon 1987 yilning 30 yanvar kuni tug'ilgan. U 2008 yil Yevropa chempionatida bronza medalga ega bo'lgan.

Arda 12 yoshidan boshlab "Galatasaroy" klubida shug'ullanishni boshlagan. 18 yoshida uni "Manisaspor"ga ijaraga berilgan. Bir yildan so'ng u yana o'z klubiga qaytgan hamda tezda asosiy tarkib a'zosiga aylandi. Turonni o'yinlari tufayli "yangi George Xadji" deb atashardi. 2008 yilda u "Galatasaroy" klubi bilan birga o'zining ilk chempionligini nishonladi.

2011 yil 10 avgustida u Madridning "Atletiko" bilan 4 yillik shartnoma tuzdi. Klub 2012 yil Yevropa ligasida g'olib bo'lgan.

Arda Turon Turkiyaning turli yoshdagi terma jamoalarida o'ynagan. Milliy terma jamoa safida esa 2006 yildan boshlab ishtirok etib kelmoqda. Shu kungacha u 64 ta o'yinda maydonga tushib 12 bor raqiblar darvozasiga gol urgan.

Yutuqlari
Jamoaviy
"Galatasaroy" - Turkiya chempioni (2008), Turkiya kubogi (2005), Turkiya superkubogi (2008).
"Atletiko" - UEFA Superkubogi (2012), Yevropa ligasi (2012), Ispaniya kubogi (2013).
Evro 2008 bronza medal sohibi

Shaxsiy
Turkiya chempionatida eng yaxshi assistent (2009 yil 9ta pas, 2010 yil 14 ta pas)
Turkiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi (2008, 2009)
IFFHS talqiniga ko'ra 2009 yil Yevropaning eng mashxur futbolchisi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia