Turg'unboev faoliyatida ikkinchi marta dubl qayd etdi. Birinchisi ham "Metallurg" bilan o'yinda bo'lgan

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2020, 23:16
Bugun Coca Cola Superligasining 6-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Navbahor" (1:3) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda "Lochinlar" safida Azizbek Turg'unboev ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa yarim himoyachi O'zbekiston chempionati tarixida o'zining ikkinchi dublini rasmiylashtirdi. Qizig'i Turg'unboev birinchi dublni 2017 yilgi mavsumda aynan Bekobodning "Metallurg" klubiga qarshi o'yinda nishonlagan ekan.

Umuman olganda bugungi o'yindan keyin Azizbek Turg'unboevning O'zbekiston chempionatidagi statistikasi quyidagicha: 90ta o'yin, 21ta gol.

Video. "Metallurg" - "Navbahor" 1:3. Barcha gollar va xavfli vaziyatlarni tomosha qiling        


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia