Ture: "Sulsher Pogbaga "Manchester Yunayted" yetakchisi bo'lish imkoniyatini berdi"

15 yanv 2019, 02:45
"Manchester Siti"ning sobiq yarim himoyachisi Yaya Ture Pol Pogbaning o'yini borasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'ylashimcha, endi Pogba o'z murabbiyiga yana ham ko'proq ishonadi. Sulsher Pogbaga jamoaning yetakchisi bo'lish imkoniyatini berdi. Bu uchun unda barcha sifatlar bor. Rossiyada o'tkazilgan Jahon chempionatidagi o'yini gapimga yaqqol misol bo'la oladi. Men uni kiyim almashtirish xonasida sheriklari bilan jamoa o'yini to'g'risida gaplashgan klipni ko'rdim. Hammasi ajoyib chiqibdi. Pogba o'z murabbiyi bilan aloqa o'rnatish imkoniyatiga ega bo'lishni xohlaydigan o'yinchilardan biri. Uning o'yinlari juda yaxshi taassurot qoldirmoqda va shunday yetakchilarning yuqori darajada o'yin namoyish etishi MYU va uning muxlislari uchun yaxshi", - deya Turening so'zlarini keltiradi Sky Sports nashri.

Eslatib o'tamiz, 25 yoshli francuz Joze Mourinyo istefosidan keyin APLda 5ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 4ta gol va shuncha golli uzatma yozdirib qo'yishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports