

"Uzoqroq "Barselona"da qolib, keyin "Galatasaroy"ga qaytmoqchiman. Futbolni shu klubda o'rganganman va o'zimni "Atletiko"da kuchli futbolchi sifatida his qildim. "Barselona" esa - futbolchi erisha oladigan maksimal daraja. Agar ispan OAV men haqimda yomon yozishsa, turk matbuoti bunga ahamiyat bermasligi lozim. Vatanparvar bo'lishimiz kerak. Turk OAV esa o'zini meni yomon ko'radigan "Barselona" muxlislaridek tutmoqda" - deydi Turan.



