Tur murabbiyi - Ulug'bek Baqoev

Narzulla Saydullayev
9 apr 2018, 11:58
Superliganing 5-turida "Buxoro" o'z uyida "Paxtakor"ni mag'lubiyatga uchratdi.

Ushbu g'alabada jamoa ustozi Ulug'bek Baqoevning o'yinga tanlagan to'g'ri taktikasi yakunda o'z samarasini berdi. Shu kuni Baqoev hamkasbi Arveladzeni taktik jihatdan mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. "Buxoro" ikkinchi bo'limda raqibiga gol urish uchun deyarli imkoniyat bermadi. Shu boisdan Ulug'bek Baqoev tur murabbiyi nomiga loyiq ko'rildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia