"Tuluza"ning besh futbolchisi "kamalak" liboslarini kiyishni istamadi

Mirjalol Normatov
14 may 2023, 15:59
"Tuluza"ning besh futbolchisi kecha Fransiya chempionati doirasida "Nant" jamoasiga qarshi o'yinda qatnashishmadi.

Gap shundaki, Zakariya Abuxlal, Mussa Diarra, Fares Shaibi, Logan Kosta va Said Xamulich kabi futbolchilar ushbu kampaniyada qatnashishni istamagani uchun murabbiylar tomonidan o'yindan chetlatilgan.

Shu sababli "Tuluza" o'yinga 25 nafar emas, 20 futbolchini ro'yxatdan o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Dеpеche du Midi