Trent Aleksandr-Arnoldning o'rniga "Brayton" futbolchisi Angliya terma jamoasidan chaqiruv oldi

Alisher
7 iyun 2021, 12:58
"Brayton" himoyachisi Ben Uayt Evro-2020dagi ishtirok uchun Angliya terma jamoasidan chaqiruv oldi.

Bu haqda terma jamoa matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uayt son mushaklarini shikastlagan va Evroni o'tkazib yuboradigan "Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldning o'rnini egalladi.

23 yoshli Uayt Angliya terma jamoasida 2ta o'yin o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/england