Transfermarkt va Championat.Asia O'zbekiston Superligasida oyning eng yaxshi murabbiyi va eng yaxshi futbolchisini aniqladi

Narzulla Saydullayev
18 noya 2022, 14:00
Ikki sayt hamkorlikni davom ettirmoqda. To'rtinchi bor birgalikdagi say-harakatlar natijasida oyning eng yaxshi murabbiyi va eng yaxshi futbolchisi aniqlab olindi.

Bunda Superliganing oktyabr oyidagi o'yinlari va noyabr boshida bo'lib o'tgan uchrashuvlar inobatga olindi.

Ovoz berishda Championat.Asia tahririyati, Transfermarkt sayti hamda ekspert sifatida O'zbekistonning eng yaxshi sharhlovchilaridan biri Mirzahakim To'xtamirzaev ishtirok etdi.

Ovoz berish natijalariga ko'ra, Maksim Shackix eng yaxshi murabbiy bo'ldi. "Dinamo" Kiev klubi va O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi mavsum davomida "Paxtakor" boshqaruviga kelib, klubni chempionlik sari etakladi. Shackix boshchiligidagi "sherlar" so'nggi etti turda beshta g'alabaga erishishdi.




"Paxtakor"ning chempionligida Dragan Cheranning xizmati katta. Serbiyalik hujumchi etti uchrashuvda 10 ta gol urdi va ikki marta poker qayd etdi.

Tez orada Transfermarkt va Championat.Asia Superliga 2022 yilgi mavsumi eng yaxshi murabbiyi va eng yaxshi futbolchisi nomini e'lon qiladi.



Championat.asia va Transfermarkt hamkorlikda Superligada avgust oyining eng yaxshilarini aniqladi          

Championat.asia va Transfermarkt hamkorlikda Superligada iyun-iyul oyining eng yaxshilarini aniqladi          

Championat.asia va Transfermarkt hamkorlikda Superligada may oyining eng yaxshi futbolchisi hamda murabbiyini aniqladi         

Championat.asia va Transfermarkt hamkorlikda Superligada sentyabr oyining eng yaxshilarini aniqladi         

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia