"Trabzonspor" Jervinoga yiliga 2 million evro taklif qildi

Alisher
29 apr 2021, 11:24
"Parma" forvardi Jervino faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

33 yoshli ivuarlik futbolchi uchun "Trabzonspor" da'vogarlik qilmoqda va unga 2 million yevropalik maosh bilan 2023 yilga qadar shartnoma taklif qilmoqda.

Jervino joriy mavsum A Seriya doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi "Trabzonspor"dan tashqari, "Beveren", "Le-Man", "Lill", "Arsenal", "Roma" va "Xebey Chayna Fortun" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira