Totti Rayolani o'rnini bosishi mumkin

16 apr 2020, 22:14
“Roma” va Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Franchesko Totti “Napoli” forvardi Lorenco Insinening agentiga aylanishi mumkin, deya xabar bermoqda Football Italia.

Insine hozirda Rayola bilan ishlamayapti va unga yangi agent kerak. Rimliklarning afsonaviy futbolchisi Insinening agentiga aylanishi mumkin. U yaqinda shaxsiy skautlik agentligini ochdi. Tottining o'zi bu haqda Instagramdagi layv-chatda sobiq jamoadoshi Fabio Kannavaro bilan suhbatlasha turib ma'lum qildi.

Ilgariroq Totti Rimda bir yo'la ikkita skautlik agentligi faoliyatini yo'lga qo'ygandi. Agentlik yosh iqtidorlarni izlab topish bilan birga klublar va futbolchilarga o'z maslahatlarini beradi.

Eslatib o'tamiz, Franchesko Totti 1992-2017 yillarda “Roma” safida to'p tegan. Shundan so'ng u butsalarini mixga ilib, klub direktori lavozimida ishladi. Oradan ikki yil o'tib, 2019 yilning iyunida Totti ushbu lavozimdan iste'foga chiqib, “Roma”ni tark etgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia