

"Tottenxem" va Denni Rouz o'zaro kelishuv asosida mehnat shartnomasini bekor qilishga yaqin.
30 yoshli chap qanot himoyachi joriy mavsum "shporlar" safida 1 daqiqa ham o'ynamadi.
Londonliklar maoshlar miqdorini kamaytirishmoqchi va o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Nyukasl"da o'tkazgan Rouz shu haftada jamoadan ketishi mumkin.



