“Tottenxem” Pirloga uch yillik shartnoma taklif etishga tayyor

26 okt 2013, 17:41
“Tottenxem” klubi “Yuventus” yarim himoyachisi Andrea Pirloga uch yillik shartnoma taklif etishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Pirloning turinliklar bilan imzolagan amaldagi shartnomasi mavsum so'ngida tugaydi. Yanvar oyidan esa Pirlo xohlagan klubi bilan muzokara olib borishi mumkin.

“Tottenxem” tashqari futbolchiga “Arsenal”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” klublari ham qiziqishmoqda.


Manba: soccer.ru