"Tottenxem" mavsumdagi ilk mag'lubiyatini "Sporting"dan qabul qilib oldi

Administrator
14 sen 2022, 00:40
Shu paytga qadar "Tottenxem" mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgandi.

YCHL ikkinchi turida "Tottenxem" mag'lubiyatga uchradi. Bu esa "shporlar"ning mavsumdagi ilk mag'lubiyati edi. Bunga qadar "Tottenxem" mavsum davomida 7 g'alaba  va ikki durang qayd etgandi. Bundan tashqari, "Tottenxem" evrokuboklardagi so'nggi oltita uchrashuvdan beri safarda g'alaba qozonolmay kelmoqda.

Ma'lumot uchun, "Tottenxem" keyingi uchrashuvini 17 sentyabr kuni "Lester"ga qarshi APL doirasida o'tkazadi. 


AdministratorMuallif
Manba: Squawka