"Tottenxem" "Manchester Yunayted"ning transfer maqsadini ilib ketmoqchi

Sherzod Nurmatov
19 dek 2023, 14:10
Tomonlar muzokaralar o'tkazishga ham ulgurishdi.

"Tottenxem" "Nicca" himoyachisi Jan-Kler Todiboga qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi "Daily Mail".

"Shporlar" futbolchining vakillari bilan muzokara olib borgan.

Avvalroq "Tottenxem" bosh murabbiyi yanvar oyida yangi himoyachi bilan shartnoma imzolash zarurligini aytgandi. 

Todiboga "Nyukasl" va "Manchester Yunayted" tomonidan ham qiziqish mavjud. MYU o'tgan yozda 23 yoshli futbolchini sotib olmoqchi edi, biroq u transferni rad etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail