"Tottenxem" Lorisga o'rinbosar topdi

Alisher
24 fev 2021
"Byornli" darvozaboni Nik Poup "Tottenxem" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Shporlar" angliyalik posbonga mavsum so'nggida klubdan kyetishi mumkin Ugo Lorisning ehtimoliy o'rinbosari sifatida qarashmoqda.

Ugoning "Tottenxem" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Tomonlar ham shartnomani uzaytirishmadi, futbolchiga PSJ katta qiziqish bildirmoqda.

Poupga shuningdek "Vest Xem" davogarlik qilmoqda. 28 yoshli darvozabon joriy mavsum barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 9ta "quruq o'yin" o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail