

Unga ko'ra, Antonio Konte joriy haftada “Tottenxem” rahbariyati tomonidan iste'foga chiqariladi. Italiyalik mutaxassisning omma oldida jamoa futbolchilarini tanqid qilgani vaziyatni keskinlashtirgan. Kontening o'rnini vaqtincha Rayan Meyson egallashi kutilmoqda.
Antonio Konte 2021 yil noyabridan beri londonliklar ustozi sifatida faoliyat olib bormoqda. Uning jamoasi 2022/23 yilgi mavsum APLda 28 o'yin o'tkazib, 48 ochko bilan 4-o'rinda borayotgandi.



