“Tottenxem” ketma-ket 9 ta o'yindan beri yutqazmayapti

23 okt 2020, 09:50
“Tottenxem” Yevropa Ligasi guruh bosqichi 1-turida LASK ustidan 3:0 hisobidagi g'alabaga erishdi.

Joze Mourinyu shogirdlari barcha musobaqalar doirasida ketma-ket 9 ta o'yindan beri yutqazgani yo'q. “Shporlar” bu o'yinlarning 6 tasida g'alabaga erishdi, 3 tasida durang o'ynadi. Qayd etish joiz, bunda Angliya Liga Kubogi doirasida “Leyton Orient” ustidan erishilgan texnik g'alaba hisobga olinmagan.

London klubi so'nggi mag'lubiyatini APL startida “Everton”dan qabul qilib olgandi. “Tottenxem” navbatdagi o'yinini “Byornli”ga qarshi APL doirasida o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sports.ru