"Tottenxem" Eriksenning o'rniga "Barselona" o'yinchisini ko'zlab qo'ydi

Alisher
22 okt 2019, 12:46
"Barselona" yarim himoyachisi Karles Alenya "Tottenxem" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Shporlar" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino shaxsan 21 yoshli ispaniyalik futbolchining transferiga qiziqmoqda.

"Tottenxem" Alenyani jamoa yarim himoyachisi Kristian Eriksenning o'rinbosari sifatida ko'rmoqda.

Daniyalik futbolchining "ko'k-anorranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

Alenya esa joriy mavsum "Barselona" tarkibida atigi 1ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo