"Tottenxem" "Atletiko" vingerini kuzatmoqda

Alisher
2 yanv 2020, 16:10
"Tottenxem" Madridning "Atletiko" jamoasi vingeri Toma Lemarni ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

"Shporlar" Lemarni 2019/20 yilgi mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishni va "matraschilar" bilan bo'ladigan bitimga uni kelasi yozda sotib olish huquqini ham qo'shishmoqchi.

Qayd etish kerakki, "Atletiko" Lemar uchun "Monako"ga to'langan pullarni qoplashni istamoqda. Madrid grandi futbolchi uchun francuz klubiga 72 million evro to'lagan.

Lemar joriy mavsum La Ligada 15ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato