"Tottenxem" "Atletiko" futbolchisini nishonga oldi

Alisher
9 okt 2020
"Atletiko" himoyachisi Stefan Savich "Tottenxem" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Shporlar" mudofaa chizig'ini kuchaytirish uchun o'yinchi qidirmoqda, sababi klub bosh murabbiyi Joze Mourinyu orqa chiziqdan norozi.

Xabarlarga ko'ra, "Valensiya" "Tottenxem" bilan 29 yoshli chernogoriyalik futbolchi uchun raqobat uyushtiradi.

Savich joriy mavsum La Liga doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: TodoFichajes