"Tottenxem" antiqa rekord o'rnatdi

Tolibjon Qosimov
1 fev 2019, 13:00
"Tottenxem" jamoasi 2018-2019 yilgi mavsumda birorta ham o'yinchi sotib olmadi.

Shimoliy London klubi Angliya Premer-ligasida bir mavsum davomida tarkibini kuchaytirmagan dastlabki jamoaga aylanishdi. Yanvar oyida "shporlar" tarkibini Mussa Dembele va Jorj-Kevin Nkudu tark etishdi.

Ayni paytda "Tottenxem" APL turnir jadvalida 24 turdan keyin 54 ochko bilan uchinchi pog'onada ketmoqda. Pochettino shogirdlari yetakchi "Liverpul"dan 7 ochkoga ortda qolmoqda.

"Tottenxem"ning so'nggi transferi bundan roppa-rosa 1 yil oldin aynan shu sana (1 yanvar)da amalga oshirilgan edi. O'shanda braziliyalik Lukas Moura PSJdan Londonga ko'chib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/Sporf