

Finalga Angliyaning ikki jamoasi "Liverpul" hamda "Tottenxem" chiqqanidan xabaringiz bor.
"Liverpul" avval ham mazkur musobaqaning finaliga chiqqani va YCHLda g'olibga aylangan bo'lsa, "Tottenxem" uchun esa bu dastlabki final bo'ladi.
To'g'ri, "shporlar" bunga qadar 3 marotaba evrokuboklarda (Kubok egalari kubogi-1963, UEFA Kubogi-1972, 1984) g'olib chiqishga ulgurishgan, ammo YCHL doirasida ilk bor hal qiluvchi bahsga kirishishadi.
Qayd etish kerakki, "Tottenxem" YCHL finalidagi 2008 yildan keyingi ilk debyutant finalchi. O'rtadagi 10 yil davomida avval ham finalda o'ynagan jamoalar hal qiluvchi bekatga qadar kelishgandi.

Shuningdek, "Tottenxem" YCHL finallari tarixidagi 40-jamoaga aylandi. Agarda ular bugun finalda g'alaba qozonishsa, unda YCHL bosh sovrinini qo'lga kiritgan 23-jamoa bo'lishadi.
"Tottenxem"ning finaldagi raqibi "Liverpul" esa YCHL g'olibiga aylangan 10-jamoa bo'lgan. "Mersisaydliklar" hisobida umumiy hisobda 5ta g'oliblik mavjud, agarda ular bugun ham muvaffaqiyat qozonishsa, unda YCHL sovrinlari sonini 6taga etkazishadi.
Yana bir ma'lumot, "Tottenxem" tunda YCHL g'olibiga aylanadigan bo'lsa, unda "shporlar" "Ayaks", "Real", "Chelsi" va "Manchester Yunayted" bilan bir qatorda eng muhim evrokuboklarda g'olib chiqqan beshinchi klub bo'lishadi.
Mauricio Pochettino boshqaruvidagi "Tottenxem" YCHL finaliga chiqqan Angliyaning sakkizinchi klubi, YCHL finallari tarixidagi 40-jamoa, 2008 yildan keyingi ilk debyutant finalchi va agarda g'olibga aylanadigan bo'lsa, unda YCHLni yutgan 23-jamoa bo'ladi.
YCHLda g'olib chiqqan barcha 22 jamoa ro'yxati bilan tanishib chiqing:
1. "Real"
2. "Benfika"
3. "Milan"
4. "Inter"
5. "Seltik"
6. "Manchester Yunayted"
7. "Feyenoord"
8. "Ayaks"
9. "Bavariya"
10. "Liverpul"
11. "Nottingem Forest"
12. "Aston Villa"
13. "Gamburg"
14. "Yuventus"
15. "Styaua"
16. "Portu"
17. PSV
18. "Crvena Zvezda"
19. "Olimpik"
20. "Barselona"
21. "Borussiya" Dortmund
22. "Chelsi"
YCHL finalida ishtirok etgan barcha jamoalar ro'yxati:
1. "Real" (1956)
2. "Reyms" (1956)
3. "Fiorentina" (1957)
4. "Milan" (1958)
5. "Ayntraxt" (1960)
6. "Benfika" (1961)
7. "Barselona" (1961)
8. "Inter" (1964)
9. "Partizan" (1966)
10. "Seltik" (1967)
11. "Manchester Yunayted" (1968)
12. "Ayaks" (1969)
13. "Feyenoord" (1970)
14. "Panatinaikos" (1971)
15. "Yuventus" (1973)
16. "Bavariya" (1974)
17. "Atletiko" (1974)
18. "Lids" (1975)
19. "Sent-Eten" (1976)
20. "Liverpul" (1977)
21. "Borussiya" Menxengladbax (1977)
22. "Bryugge" (1978)
23. "Nottingem Forest" (1979)
24. "Malme" (1979)
25. "Gamburg" (1980)
26. "Aston Villa" (1982)
27. "Roma" (1984)
28. "Styaua" (1986)
29. "Portu" (1987)
30. PSV (1988)
31. "Crvena Zvezda" (1991)
32. "Olimpik" (1991)
33. "Sampdoriya" (1992)
34. "Borussiya" Dortmund (1997)
35. "Valensiya" (2000)
36. "Bayer" (2002)
37. "Monako" (2004)
38. "Arsenal" (2006)
39. "Chelsi" (2008)
40. "Tottenxem" (2019)



