"Tottenxem" 30 mln evrolik transferni e'lon qildi

Alisher
16 avg 2024, 17:27
Fransiyalik vinger Uilson Odobert "Byornli"dan "Tottenxem"ga o'tdi.

19 yoshli futbolchi "Tottenxem" bilan 2029 yilning iyun oyi so'nggiga qadar shartnoma imzoladi. Odobert yangi klubida 28-raqam ostida o'ynaydi.

Odobert o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: tottenhamhotspur.com